Karim Benzema futbolni yana 2 yil davom ettiradi

Karim Benzema futbolni yana 2 yil davom ettiradi
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hujumchisi Karim Benzema kelajakka oid rejalari haqida gapirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakunlanadi.

Bu haqda AS portali xabar berdi. "Dekabrda 38 yoshga toʻlaman.

Oʻzimni hali yana 2 yil faol futbolchi sifatida koʻryapman. Jismoniy holatim yaxshi, koʻp mehnat qilyapman va doimiy ravishda oʻyinlardaman.

Klubning qarorini kutamiz", — dedi fransiyalik futbolchi. "Menga Yevropa klublaridan takliflar bor.

Hammasini yaxshilab oʻylab, toʻgʻri qaror qabul qilishim kerak. Qayerda oʻzimni yaxshi his qilishimni aniqlash lozim.

Voqealar qanday rivojlanishini kuzatamiz". Joriy mavsumda Benzema klub darajasida 9 oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.