Galatasaroy prezidenti Messini tilga oldi

Galatasaroy prezidenti Messini tilga oldi
Galatasaroy futbol klubi prezidenti Dursun Oʻzbek argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolash ehtimoli haqida fikr bildirdi. "Bizning klubimiz hozir shunday darajaga yetdiki, bunday muzokaralarni ham olib borishga qodirmiz.

Jamoaning eng yaxshi futbolchilarini saqlab qoldik va oʻzimizga yuqori maqsadlar qoʻydik. Hozirgi barcha ishlarimiz moliyaviy imkoniyatlarimiz doirasida amalga oshirilmoqda.

Shu sababli, odamlar bizdan Leo haqida soʻrashlari tabiiy", – deydi u, The Touchline ijtimoiy tarmoq akkaunti orqali. Eslatib oʻtamiz, Lionel Messi ayni paytda Amerika klubi Inter Mayami sharafini himoya qilmoqda.

38 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yil dekabr oyining oxirigacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.