Krauch: "Liverpul hujum ham, himoya ham qilmadi"

Sobiq taniqli futbolchi Piter Krauch Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida "Liverpul"ning "PSV"ga qarshi o'yinda 1:4 hisobida yutqazishini izohladi. "Bu umuman ularga o'xshamadi.
Ular hujumga o'tmadi, himoyaga qaytmadi. Buning uchun Salohni ayblash mumkin, lekin menimcha, hozir "Liverpul"ning birorta futbolchisi yaxshi o'ynadim deb ayta olmaydi", – dedi Krauch Paddy Powerga bergan intervyusida.
So'nggi 12 o'yinda "Liverpul" barcha musobaqalarda atigi uchta g'alaba qozonib, to'qqizta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Chempionlar Ligasi turnir jadvalida "qizillar" 9 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.
Ertaga, 30-noyabr kuni, "Liverpul" APLning 13-turida safarda "Vest Xem"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ular hujumga o'tmadi, himoyaga qaytmadi. Buning uchun Salohni ayblash mumkin, lekin menimcha, hozir "Liverpul"ning birorta futbolchisi yaxshi o'ynadim deb ayta olmaydi", – dedi Krauch Paddy Powerga bergan intervyusida.
So'nggi 12 o'yinda "Liverpul" barcha musobaqalarda atigi uchta g'alaba qozonib, to'qqizta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Chempionlar Ligasi turnir jadvalida "qizillar" 9 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.
Ertaga, 30-noyabr kuni, "Liverpul" APLning 13-turida safarda "Vest Xem"ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













