APL klublari 20 yoshli hujumchini kuzatmoqda

APL klublari 20 yoshli hujumchini kuzatmoqda

APL klublari 20 yoshli hujumchini kuzatmoqda
Uotford klubi hujumchisi Rocco Vata Angliya Premer-ligasining ikki klubi diqqat markazida. Mail Sport xabariga koʻra, Crystal Palace va Fulham 20 yoshli irlandiyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.

Uotford futbolchini taxminan 23 million yevro evaziga sotishga tayyor. Vata joriy mavsumda barcha musobaqalarda oʻnta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining Uotford bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha moʻljallangan. Transfermarkt portaliga koʻra, uning bozor qiymati 1,8 million yevroni tashkil qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.