Manchester Yunayted 2020-yildan beri ilk bor "Kristal Pelas"ni magʻlub etdi


\"Manchester Yunayted\" Angliya Premer-ligasining safar uchrashuvida \"Kristal Pelas\"ni 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, turnir jadvalida oltinchi oʻringa koʻtarildi. \"Qizil iblislar\" bu gʻalabani irodali tarzda qoʻlga kiritishdi – birinchi boʻlim yakunida mankunianliklar hisobda ortda borishayotgan edi.
Qizigʻi shundaki, bu \"Manchester Yunayted\"ning APL doirasida \"Kristal Pelas\" maydonida 2020-yilning iyulidan beri qoʻlga kiritgan ilk safar gʻalabasidir. Bungacha oʻtgan beshta uchrashuvda \"Kristal Pelas\" ikki marta gʻalaba qozongan, uchta oʻyin esa durang bilan yakunlangan edi.
\"Manchester Yunayted\" keyingi uchrashuvini 4-dekabr, payshanba kuni, \"Vest Xem\"ga qarshi oʻz maydonida oʻtkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













