Espanyol burchakdan gol urib, gʻalaba qozondi

Espanyol burchakdan gol urib, gʻalaba qozondi
Yakshanba kuni kechqurun Ispaniya chempionatining 14-turidan joy olgan oʻyinda "Selta" va "Espanyol" uchrashdi. Oʻyin jozibador boʻlmasa-da, 0:0 hisobidagi durang natija boʻlishi kutilgan edi.

Ammo uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida "Espanyol" gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdira oldi. Gʻalaba mehmonlarga burchak zarbasi tufayli kelib chiqdi.

Yaqin ustunga yoʻllangan toʻpni Kike Garsiya bosh bilan darvozaga aniq yoʻnaltirdi. "Selta" darvozaboni Ionuts Radu vaziyatni bartaraf eta olmadi.

Uchrashuv yakuniy hisobini "Espanyol" foydasiga 0:1 qilib belgilandi. Mazkur gʻalaba "Espanyol" uchun ketma-ket ikkinchi boʻldi va jamoa La Liga turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egalladi.

U beshinchi oʻrindagi "Betis"dan faqat qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha ortda bormoqda. "Selta" esa 12-oʻrinda qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.