Lans 20 yildan keyin Fransiya chempionati yetakchisi

Lans 20 yildan keyin Fransiya chempionati yetakchisi
Fransiya chempionatining turnir jadvalida kutilmaganda yetakchi o'zgardi. "PSJ"ning "Monako"ga yutqazganidan so'ng, "Lans" "Anje"ni mehmon bo'lib 2:1 hisobida mag'lub etib, jadvalning birinchi pog'onasiga ko'tarildi.

Qayd etish joizki, "Lans" oxirgi marta Fransiya chempionati yetakchisi bo'lganiga 21 yil bo'ldi. Bu holat so'nggi bor 2004/2005-yilgi mavsumda kuzatilgan edi, biroq o'shanda bu uchinchi turda, ya'ni mavsum boshida sodir bo'lgan edi.

Shuningdek, "Lans" faqat bir marta chempionlik unvonini qo'lga kiritgan, bu 1998-yilda sodir bo'lgan. Keyingi turda Fransiya chempionatining yangi yetakchisi yana safarda o'ynaydi, bu safar "Nant"ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.