Shevchenko: "Manyan barcha jihatdan kuchli"

Shevchenko: "Manyan barcha jihatdan kuchli"
Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko jamoa darvozaboni, fransiyalik Mayk Manyanning o‘yinini yuqori baholadi. U Manyanning oyoq bilan aniq va ishonchli o‘yin ko‘rsatishini alohida ta’kidladi.

"U barcha jihatdan kuchli. Menga uning "Milan" va Fransiya terma jamoasidagi o‘yini juda yoqadi.

Ayniqsa, oyoqlari bilan o‘yini hayratlanarli", - dedi sobiq hujumchi pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Mayk Manyan 2021-yilda Fransiyaning "Lill" klubidan "Milan"ga o‘tgan.

U "rossoneri" safida ilk mavsumidayoq Italiya chempioni bo‘lgan. Hozirda esa "Milan" A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.