Teo Uolkott Riss Jeymsni maqtadi


Arsenalning sobiq futbolchisi Teo Uolkott Chelsi sardori Riss Jeymsning yutuqlarini yuqori baholadi. Moviylarning o‘ng qanot himoyachisi, yarim himoya pozitsiyasida o‘ynab, yakshanba kungi derbida Arsenalga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi.
U golli pas berdi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. \"Meni Jeymsning shaxsiy rivoji haqiqatdan ham quvontirmoqda – unda liderlik fazilatlari yaqqol seziladi.
Oldinroq odamlar uni jamoa sardori bo‘lishga loyiqmi, deb so‘rashgandi. Arsenalga qarshi o‘yinda u bu maqomga haqli ekanligini isbotladi\", – dedi Uolkott Sky Sports bilan suhbatda o‘yindan so‘ng.
Chelsi keyingi o‘yinini chorshanba kuni Lidsga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













