Gasperini: "Oʻyin kutilgan darajada boʻlmadi"


Italiya chempionatining oʻn uchinchi turida \"Roma\" jamoasi oʻz uyida \"Napoli\"ga magʻlub boʻldi. Rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyer Gasperini ushbu magʻlubiyatdan koʻngli toʻlmaganini yashirmadi.
Uning fikriga koʻra, jamoasi yetarlicha energiyali oʻyin koʻrsata olmadi. \"Bizda energiya yetishmadi, ehtimol payshanba kungi oʻyin buning sababchisi.
Gol urilgan vaziyatda xato qildik, qarshi hujumda bizni qoʻlga olishdi. Oʻzimizning oʻyin standartlarimiz darajasida oʻynay olmadik\", - deydi Gasperini calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Keyingi turda \"Roma\" 7-dekabr kuni Sardiniyada \"Kalyari\" jamoasiga qarshi oʻynaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













