Konteni gʻalabaga undagan motivatsiyasi


Italiya chempionatining oʻn uchinchi turida \"Napoli\" safarda \"Roma\"ga qarshi oʻyinda pragmatik uslubda gʻalaba qozondi. Bu uslub Antonio Konte jamoalariga xosdir.
Mutaxassis oʻyinchilarni qanday ruhlantirgani haqida gapirdi. \"Rimga kelib, bu yerda sharaf bilan oʻynash oson emas edi.
Men futbolchilardan oʻyinning boshidanoq raqibga tik qarashlarini soʻradim va ular buni uddalashdi. Yigitlar yana gʻalabaga boʻlgan iroda va motivatsiyani qaytarib olishdi\", - dedi Konte calcionapoli1926.it nashriga.
Kelgusi turda neapolliklar Kontening sobiq jamoasi – \"Yuventus\"ga qarshi bahs olib boradilar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













