Lautaro Martines klub tarixida to‘rtinchi bo‘ldi

Lautaro Martines klub tarixida to‘rtinchi bo‘ldi

Lautaro Martines klub tarixida to‘rtinchi bo‘ldi
Argentinalik hujumchi Lautaro Martinesning ikki goli \"Inter\"ga Italiya chempionatining 13-turi doirasida safarda \"Piza\" ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. \"Inter\" sardori klub safida barcha rasmiy turnirlar hisobida 163-golini urib, jamoa tarixida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

U Sandro Matszolani (162 gol) ortda qoldirdi. Jamoa tarixida Lautarodan oldinda faqat uch futbolchi qoldi: Juzeppe Meatsa (284 gol), Alessandro Altobelli (209 gol) va Roberto Bonisenga (173 gol).

Lautaro ushbu uchlikka yaqinlashishni kelasi bahorga qadar amalga oshirishi mumkin. Keyingi turda \"Inter\" 6-dekabr kuni \"Komoga\" qarshi o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.