Lautaro Martines: Mish-mishlarga eʼtibor bermayman

Lautaro Martines: Mish-mishlarga eʼtibor bermayman
Italiya chempionatining o'n uchinchi turida "Inter" safarda "Piza" bilan to'qnash keldi. Ushbu o'yinda argentinalik sardor Lautaro Martinesning dubl gollari hisobiga "Inter" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng Lautaro Martines o'z muvaffaqiyati haqida izoh berdi. "Men xursandman, chunki g'alaba aynan biz uchun kerak edi, ayniqsa ikki mag'lubiyatdan so'ng.

Men "Inter" uchun, jamoam va oilam uchun ishlayman va mish-mishlarga eʼtibor bermayman. Biz futbolchilar faqat o'z ishimizga eʼtibor qaratishimiz kerak va boshqa gap-so'zlarga quloq solmasligimiz lozim", - deya Lautaro Martinesning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Kelgusi turda "Inter" 6-dekabr kuni o'z maydonida "Komo"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.