Ronald Arauxo oʻziga vaqt soʻradi

Ronald Arauxo oʻziga vaqt soʻradi

Ronald Arauxo oʻziga vaqt soʻradi
Chempionlar ligasi doirasida \"Chelsi\"ga qarshi oʻyinda qizil kartochka olib maydondan chetlashtirilgan himoyachi Ronald Arauxo ruhiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mundo Deportivo xabariga koʻra, urugvaylik futbolchi \"Barselona\"dan oʻzini psixologik tiklash uchun vaqt ajratishni soʻragan.

Hozirda Arauxo oʻyinlarga tayyor emas, u yana jamoasiga zarar yetkazishdan qoʻrqmoqda. \"Barselona\" futbolchiga hech qanday ikkilanmasdan aniq muddat belgilamasdan taʼtil berdi.

Klub 26 yoshli himoyachini toʻliq qoʻllab-quvvatlamoqda. Bundan avvalroq, \"Barselona\" prezidenti Joan Laporta Arauxoni tanqidlardan keyin ommaviy ravishda qoʻllab-quvvatlagan edi.

Joriy haftada \"Barselona\" La Liga doirasida \"Atletiko Madrid\"ga qarshi oʻz maydonida oʻyin oʻtkazishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.