Frank Viktorioyni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda

Frank Viktorioyni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda

Frank Viktorioyni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda
Tottenxem darvozaboni Gulyelmo Viktorio Fulxemga qarshi oʻyinda yoʻl qoʻyilgan xato tufayli tanqidlarga uchradi. Ammo jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank yana futbolchini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

\"Vik ajoyib. Uning xarakteri har jihatdan mukammal.

Hammasi oʻyinchi oʻzini kunma-kun qanday tutishiga bogʻliq – yaxshi damlarda ham, qiyin paytlarda ham. Bu borada u nihoyatda barqaror.

Hammamiz bilamizki, futbol maydonida ham, undan tashqarida ham har kim xato qilishi mumkin. Viktorioyning bunday vaziyatlarda oʻzini qanday tutayotgani meni juda hayratga soladi.

U muvaffaqiyatsizliklarni yengishda yaxshi natija koʻrsatmoqda deb oʻylayman\", – dedi Frank matbuot anjumanida. Eslatib oʻtamiz, Tottenxem oʻz maydonida Fulxemga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.