Atalanta gʻalabasiz seriyasini yakunladi


Atalanta jamoasi Italiya A Seriyasidagi gʻalabasiz seriyasini nihoyat tugatdi. Jamoa oxirgi marta 21-sentabr kuni Torino ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Shundan soʻng, Atalanta sakkizta oʻyinda gʻalaba qozona olmadi (besh durang va uch magʻlubiyat). Ammo yakshanba kuni jamoa Fiorentina ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, bu salbiy seriyaga chek qoʻydi.
Oʻyin davomida Bergamo klubi birinchi boʻlim oxiri va ikkinchi boʻlim boshida gol urdi. Kossunu va Lukmanning gollari jamoaga gʻalabani taqdim etdi.
Natijada, Atalanta 16 ochko bilan turnir jadvalining 11-oʻrnida joylashdi. Fiorentina esa atigi 6 ochko bilan 19-oʻrinda qolmoqda va hali-hanuz birorta ham gʻalabaga erisha olmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













