Mostovoy: "Barselona" va "Atletiko" durang oʻynaydi

Mostovoy: "Barselona" va "Atletiko" durang oʻynaydi

Mostovoy: "Barselona" va "Atletiko" durang oʻynaydi
Ispaniya chempionatining 15-tur markaziy uchrashuvida Kataloniyaning \"Barselona\" klubi oʻz maydonida Madridning \"Atletiko\" jamoasini qabul qiladi. Ushbu qarama-qarshilik boʻyicha fikrlari bilan Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy oʻrtoqlashdi.

\"Gollar boʻlishi aniq, chunki har ikki jamoa orqaga qarab oʻynamaydi. Natija borasida esa menimcha, uchrashuv durang bilan yakunlanadi\", - dedi mutaxassis \"Stavka TV\"ga bergan intervyusida.

\"Barselona\" bugun, 2-dekabr kuni \"Kamp Nou\" stadionida \"matraschilar\"ni qabul qiladi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Mazkur bahs oldidan \"koʻk-anorranglilar\" La Liga turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi, \"Atletiko\" esa toʻrtinchi oʻrinda joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.