MakTominey A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

MakTominey A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Shotlandiyalik yarim himoyachi Skott MakTominey 2024/25-yilgi A Seriya mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

"Napoli" futbolchisi ushbu mukofotga chempionat futbolchilari ovoziga ko'ra sazovor bo'ldi. MakTominey o‘tgan mavsumda A Seriyada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning jamoasi "Napoli" bir ochko farq bilan "Inter"ni ortda qoldirib, Italiya chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi. Eʼtiborlisi, bu MakTomineyning A Seriyadagi ilk mavsumi edi.

28 yoshli futbolchining "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2028-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, MakTomineyning narxi 50 million yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.