Kyellini Vlahovichning tiklanish muddati haqida gapirdi

Kyellini Vlahovichning tiklanish muddati haqida gapirdi
Jorjo Kyellini, "Yuventus" ijrochi direktori, serb hujumchisi Dushan Vlahovichning jarohati haqida o'z fikrini bildirdi. Serbiyalik futbolchi jiddiy jarohat olgan – u joriy yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi va kelasi yil boshini ham o'tkazib yuboradi.

"Vlahovich uch oyga safdan chiqdi – bu biz uchun og'ir zarba. Men Dushanga tezroq sog'ayib safga qaytishni tilayman.

Bu esa boshqa futbolchilar uchun o'zini ko'rsatish imkoniyati," – deya ta'kidladi Kyellini Italiya Kubogi 1/8 final bosqichida "Udineze"ga qarshi o'yin oldidan. Joriy mavsumda Dushan Vlahovich "Yuventus" safida 17 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.