Simeone Xulian Alvaresning o'yinini tanqid qildi

Simeone Xulian Alvaresning o'yinini tanqid qildi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ga qarshi o'yinda hujumchi Xulian Alvaresning harakatlariga baho berdi. "Matraschilar"ning yetakchi hujumchisi "Kamp Nou"da 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan qochishda jamoasiga yordam bera olmadi.

Argentina vakili faqat bir marta darvozaga zarba yo'lladi va 12 ta kurashning faqat ikkitadan g'olib chiqdi. "Xulian ham ba'zan sust o'ynashi mumkin.

Axir, u ham inson, har qanday o'yinchida muvaffaqiyatsiz kun bo'lishi mumkin", – dedi Simeone "The Touchline"ga bergan izohida. "Atletiko"ning yagona golini 19-daqiqada Aleks Baena kiritdi.

"Barselona" tarkibida esa 26, 65 va 97-daqiqalarda Rafinyo Dias, Dani Olmo va Ferran Torres gol urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.