Flik Pedri va Olmoning jarohatlarini izohladi

Flik Pedri va Olmoning jarohatlarini izohladi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridning “Atletiko” jamoasiga qarshi o‘yinda (3:1) Pedri va Dani Olmoning olgan jarohatlari haqida gapirdi. Ikki futbolchi ham ikkinchi bo‘lim davomida majburiy almashtirilgan edi.

O‘yin vaqtida Pedri samarali golli uzatmani amalga oshirdi, Dani Olmo esa gol muallifi bo‘ldi. “Pedrining ahvoli yaxshi – u shunchaki biroz charchagan.

Olmo esa yelkasidan jarohat oldi. Vaziyatni kuzatamiz,” – dedi Flik jurnalistlarga bergan intervyusida.

“Barselona”ning navbatdagi o‘yini shanba kuni “Betis”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ayni damda kataloniyalik jamoa La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ular “Real”dan to‘rt ochkoga oldinda, biroq madridliklarning bitta o‘yini zaxirada mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.