Flik: Rafinhaning ta'siri hayratlanarli

Flik: Rafinhaning ta'siri hayratlanarli
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa uchun braziliyalik vinger Rafinya Diasning muhimligini ta'kidladi. Rafinya seshanba kuni La Liga doirasida Madridning Atletiko klubiga qarshi o‘yinda (3:1) gol urib, jamoasi uchun muhim rol o‘ynadi.

28 yoshli hujumchi noyabr oyi oxirida deyarli ikki oy davomida jarohat sabab maydonga tusha olmagandi. "Rafinya maydonga tushganda jamoa ancha faolroq harakat qiladi.

U barcha futbolchilarga ta'sir o‘tkazadi va ajoyib hissasini qo‘shadi, bu biz uchun juda muhim", – dedi Flik Barca Universal nashriga. Joriy mavsumda Rafinya 11 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.