Maynts bosh murabbiy Bo Henriksen bilan xayrlashdi

Maynts bosh murabbiy Bo Henriksen bilan xayrlashdi
Futbol bo'yicha Germaniyaning "Maynts" klubi bosh murabbiy Bo Henriksen bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi. 50 yoshli mutaxassis klubni 2024-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Bo Henriksen o'tgan mavsumda Bundesliganing eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi. U o'z jamoasini oltinchi o'ringa olib chiqib, Evropa musobaqalariga yo'llanma olib bergan.

Ammo joriy mavsumda "Maynts"ning natijalari juda muvaffaqiyatsiz kechmoqda. Hozirda jamoa turnir jadvalining eng quyi pog'onasida – 18-o'rinda joylashgan bo'lib, atigi 6 ochko to'plagan.

12 turdan keyingi holat bo'yicha jamoaning 15-o'rindagi raqibdan farqi uch ochkoni tashkil qilmoqda. Bo Henriksen avvalgi murabbiylik faoliyatida bir qancha Daniya klublarida ishlagan, shuningdek, Shveysariyaning "Syurix" jamoasini boshqargan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.