Safonov PSJ tarkibida debyut qilishi mumkin

Safonov PSJ tarkibida debyut qilishi mumkin
Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov joriy mavsumda «PSJ» safida birinchi marta maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. RMC Sport axborotiga ko'ra, jamoaning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye bugun umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Sababi, u «Monako»ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olgan. «PSJ»ning navbatdagi o'yini 6-dekabr kuni «Renn» klubiga qarshi bo'lib o'tadi.

Liga 1ning 15-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuvda Shevalyening holatidan kelib chiqib, Safonov maydonga tushishi ehtimoli yuqori. U 2024-yilning yozida fransuz jamoasiga qo'shilgan bo'lsa-da, hozirgacha murabbiylar shtabi to'liq Shevalye xizmatidan foydalangan va Safonovga o'yin amaliyoti berilmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.