Real Madrid bosh murabbiyligi uchun yangi nomzod

Real Madrid bosh murabbiyligi uchun yangi nomzod
Real Madridning bosh murabbiyi oʻzgarishi borasidagi mish-mishlar davom etmoqda. Defensa Centralning xabariga koʻra, Madrid klubi rahbariyati hozircha Xabi Alonsoni toʻliq qoʻllab-quvvatlamoqda va uning ketma-ket uchta durang natijasidan soʻng vaziyatni yaxshilashiga ishonmoqda.

Ammo natijalar salbiy boʻlsa, "qirollik klubi" murabbiy oʻzgartirishga majbur boʻlishi mumkin. Manbaning maʼlumotiga koʻra, agar murabbiy oʻzgarsa, Real Madrid rahbariyati "Komо" klubining yosh murabbiyi Sesk Fabregasga murojaat qilishi ehtimoldan xoli emas.

Fabregasning chiroyli futbolga eʼtibor qaratishi va faqat uzatmalar oʻyiniga qaram boʻlmasligi Madrid rahbariyatiga maʼqul. Shuningdek, Fabregas jamoani boshqarish uchun yetarlicha obroʻga ega.

Real Madrid prezidenti Florentino Peres Fabregas haqida yuqori fikrda. Manba yana qayd etadiki, vaqtincha jamoani boshqarish uchun Zinedin Zidan ham jalb etilishi mumkin.

Madridda Zidanning 2025/2026 yilgi mavsum oxiriga qadar "qirollik klubi"ni uchinchi marta boshqarishi mumkinligi haqida fikrlar mavjud. Shu bilan birga, Zidanning yozda Fransiya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.