Kamavinga jiddiy jarohatdan qutuldi

Kamavinga jiddiy jarohatdan qutuldi
Real Madrid yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga, aftidan, jiddiy jarohatdan qutulgan ko‘rinadi. Bu haqda jurnalist Migel Anxel Dias xabar bermoqda.

Kamavinga Ispaniya chempionati doirasida Atletikga qarshi kechgan o‘yinning (3:0) ikkinchi bo‘limida jarohat oldi va shu sababli 69-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Manbalarning ta'kidlashicha, fransuz futbolchisining jarohati jiddiy emasdek tuyuladi.

Ammo aniq xulosalar tibbiy tekshiruvdan keyin ma'lum bo‘ladi. Joriy mavsumda 23 yoshli Kamavinga barcha musobaqalar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.