Milan Fofanasiz qoldi

Milan jamoasi futbolchisi Kristian Pulisich jarohatidan forigʻ boʻlib, mashgʻulotlarga qaytdi. Ammo, ayni vaqtda, fransiyalik yarim himoyachi Yussuf Fofana jarohat olib, Italiya Kubogidagi "Latsio"ga qarshi uchrashuvni oʻtkazib yuboradi.
Shuningdek, ehtimol Fofana 8-dekabr kuni "Torino"ga qarshi A Seriyasi doirasidagi oʻyinda ham maydonga tusha olmaydi. Klub shifokorlarining taxminicha, u faqat "Sassuolo"ga qarshi oʻyinga tiklanib yetib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Fofana esa 2024-yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bungacha u toʻrt yil davomida "Monako" safida toʻp surgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shuningdek, ehtimol Fofana 8-dekabr kuni "Torino"ga qarshi A Seriyasi doirasidagi oʻyinda ham maydonga tusha olmaydi. Klub shifokorlarining taxminicha, u faqat "Sassuolo"ga qarshi oʻyinga tiklanib yetib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Fofana esa 2024-yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bungacha u toʻrt yil davomida "Monako" safida toʻp surgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













