Arne Slot: "Sanderlend bilan durang o'yin adolatli"

Arne Slot: "Sanderlend bilan durang o'yin adolatli"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Premer-liganing "Sanderlend"ga qarshi o'yini (1:1) haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Qizillar" 67-daqiqada gol o'tkazib yubordi, ammo 81-daqiqada Florian Virtsning zarbasi Noradi Mukielega tegib, darvozaga kirib ketdi va hisob tenglashdi.

"Bugun biz o'z darvozamiz oldida kam imkoniyatlarga yo'l qo'ydik, lekin o'zimiz ham yetarli hujumlar uyushtira olmadik. O'tkazib yuborilgan gol epizodida omadimiz kelmadi.

"Sanderlend"ni mag'lub etolmaganimizning sabablari bor. Bu raqibga qarshi boshqa jamoalar ham qiyinchiliklarga duch kelgani bejiz emas", – dedi Slot Sky Sports bilan suhbatda.

"Liverpul" hozirda Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. Amaldagi chempionlar 14 turdan keyin 22 ochko to'plashgan."

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.