Glasner: 'Biz matonat ko'rsatdik'

Glasner: 'Biz matonat ko'rsatdik'
Angliya Premer-ligasining 14-turida "Kristal Pelas" jamoasi safarda "Byornli" ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi. Mazkur o'yin yuzasidan "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner o'z fikrlarini bildirdi.

U futbolchilarining matonatini alohida ta'kidladi. "Futbolchilarimiz o'zaro yordam ko'rsatib, matonat namoyish qilishdi.

Ajoyib mentalitet. Bizning o'yinimiz yaxshi tashkil etilgan.

O'yin so'ngida kuchlar tugashi tabiiy, lekin bu haqiqiy jangga aylandi", - deya Glasnerning so'zlarini keltiradi BBC Sport. Mazkur g'alaba "Kristal Pelas"ga Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi pog'onaga ko'tarilish imkonini berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.