Arsenal markaziy himoyachisini yoʻqotdi – Arteta fikri

Arsenal markaziy himoyachisini yoʻqotdi – Arteta fikri
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta markaziy himoyachi Kristian Moskeraning jarohati haqida fikr bildirdi. 21 yoshli ispaniyalik futbolchi chorshanba kuni Brentfordga qarshi oʻyinning 44-daqiqasida almashtirildi.

Ushbu uchrashuvda Arsenal 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. "Avval biz Gabriel va Salibani yoʻqotdik, endi esa Moskera jarohat oldi.

Vaziyatni oʻrganishimiz kerak. Ehtimol, uning tizza yoki toʻpigʻida muammo bor.

Hozircha qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. U nima boʻlganini aniq aytolmadi, lekin almashtirilishga majbur boʻldi", – dedi Arteta oʻyindan keyingi matbuot anjumanida.

Shuningdek, Arsenal shanba kuni safarda Aston Villa bilan bahs olib borishi kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.