Vyerining maqsadi doim gol urish edi

Vyerining maqsadi doim gol urish edi
Italiyalik sobiq futbolchi Kristian Vyeri o'zining yoshligida ayollarga haddan tashqari qiziqqanligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Unga ko'ra, u har doim futbolni birinchi o'ringa qo'ygan va boshqa narsalarni ikkinchi darajali deb bilgan.

"Ayol yetishmovchiligi bo'ldi deb aytolmayman. Albatta, ular bor edi, yoqimli xotiralar ham bor.

Ammo men uchun futbol birinchi o'rinda turardi. Mening asosiy maqsadim gol urish edi.

Boshqa narsalar esa ikkinchi darajali edi, hech qachon ustuvor emas. Bu haqda ba'zi odamlar yozayotganidek emas.

Buni maydondagi natijalarim bilan ham isbotlaganman", – deya Kristian Vyerining so'zlarini La Repubblica nashri keltiradi. Vyeri 2009 yilda professional futboldagi faoliyatini yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.