Liverpul oʻz maydonida antirekord oʻrnatdi

Liverpul oʻz maydonida antirekord oʻrnatdi

Liverpul oʻz maydonida antirekord oʻrnatdi
Liverpul jamoasi yana oʻz maydonida gʻalaba qozona olmadi. Chorshanba kuni Arne Slot boshchiligidagi jamoa Sandelrend bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Magʻlubiyatdan qochish esa faqat oʻyinning soʻngida raqibning avtogoli evaziga amalga oshdi. Opta statistik maʼlumotlariga koʻra, qizillar 2021-yil mart oyidan beri ilk bor oʻz uyida ketma-ket uchta oʻyinda gʻalaba qozona olmagan.

Ammo oʻsha davrdagi koʻrsatkichga yetish uchun hali ancha bor (olti oʻyin gʻalabasiz). 6-dekabr, shanba kuni Liverpul safarda Lids jamoasiga qarshi oʻynaydi.

Uch kundan keyin esa Chempionlar Ligasi doirasida Milanning Inter jamoasiga qarshi San-Siro stadionida bellashadi. Navbatdagi oʻyin Enfildda 13-dekabr kuni oʻtkaziladi, unda raqib Brayton boʻladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.