Roy Kin Manchester Yunayted tarkibidan norozi

Roy Kin Manchester Yunayted tarkibidan norozi
Sobiq "Manchester Yunayted" futbolchisi Roy Kin jamoaning joriy mavsumdagi muammolaridan birini ochiqladi. Payshanba kuni "qizil iblislar" o'z maydonida "Vest Xem" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi, raqib esa 83-daqiqada gol urdi.

"Agar "Manchester Yunayted" tarkibiga va transferlarga sarflangan mablag'larga nazar tashlasak, jamoada chuqurlik yetishmasligini ko'rish mumkin. Ayniqsa, hujum chizig'ida bu juda seziladi", – dedi Kin o'yin yakunlarini sharhlar ekan.

Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa hozirda Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. 8-dekabr kuni "MYu" chempionatning asosiy autsayderi "Vulverhempton"ga qarshi safar o'yinini o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.