Amorim jurnalistlar savoliga keskin javob berdi

Amorim jurnalistlar savoliga keskin javob berdi

Amorim jurnalistlar savoliga keskin javob berdi
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim APLning 14-turida Vest Xemga qarshi o‘yinda jamoasining tarkibdagi o‘zgarishlariga doir savollarga o‘z munosabatini bildirdi. Old Trafforddagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘yindan so‘ng Amorimdan hujumkorroq futbolchilarni maydonga tushirmaganining sababi so‘raldi. \"Kim edi hujumkorroq o‘yinchi (zaxirada)?\" — deya javob berdi portugaliyalik mutaxassis.

Jurnalist Kobbi Maynuning nomini tilga oldi, biroq mazkur futbolchi uchrashuvda maydonga tushirilmadi. Manchester Yunayted ikkinchi bo‘limda Diogu Dalotning goli evaziga 1:0 hisobida oldinga chiqqan edi, ammo asosiy vaqt tugashidan olti daqiqa avval raqib javob to‘pini kiritdi.

14-turdan so‘ng MYU 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.