Dossena eng yaxshi murabbiyni aytdi

Dossena eng yaxshi murabbiyni aytdi
Italiyalik himoyachi Andrea Dossena o‘z faoliyati davomida bir qancha klublarda, jumladan Angliyaning "Liverpul" va Italiya "Napoli" jamoalarida to‘p surgan. Jurnalistlar undan faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni tanlashni so‘rashdi.

"Faqat bitta mutaxassisni ilhomlantiruvchi deb ayta olmayman. Har bir murabbiydan oz-moz o‘rganganman.

Taktika borasida Mauritsio Sarri menga juda yoqadi, jismoniy tayyorgarlik jihatidan esa Jan Pyero Gasperini yuqori bahoga loyiq. Ammo hamma narsani bir butunlikda olsak, Antonio Konte eng yaxshisi", – deya Dossena so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Andrea Dossena o‘z futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.