Bennaser Xorvatiya chempionatida porlamoqda

Bennaser Xorvatiya chempionatida porlamoqda
2022-yilda "Milan" klubining chempionlik unvonini qoʻlga kiritishda asosiy rol oʻynagan Jazoir futbolchisi Ismoil Bennaser Xorvatiya chempionatida oʻzini koʻrsatmoqda. U "Milan"ni tark etib, yaqinda Zagrebning "Dinamo" klubiga ijaraga oʻtdi.

Klub uning maoshining 60 foizini qoplamoqda. Chempionatning soʻnggi turida "Dinamo" "Goritsa" klubini 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Ushbu oʻyinda Bennaser deyarli yakka oʻzi jamoasining birinchi, hal qiluvchi golini yarata oldi. Garchi bu golga rasmiy uzatma yozilmagan boʻlsa ham, bu statistikaga ishonib boʻlmas holatlardan biridir.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Bennaser yangi jamoasi safida toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, ikki marta golli uzatma amalga oshirgan. Himoyachi uchun bu juda yaxshi koʻrsatkich.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.