Bavariya Kobbi Mainuga qiziqmoqda

Bavariya Kobbi Mainuga qiziqmoqda
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbi Mainu Germaniyaning Bavariya klubi eʼtiborini tortdi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim 20 yoshli futbolchini asosiy tarkibda koʻrmayapti.

Shu sababli, yosh futbolchi joriy yil yozidan beri boshqa klubga oʻtishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. United Zone nashriga koʻra, Mainuga faqat Italiya chempioni Napoli emas, balki Bavariya ham daʼvogarlik qilmoqda.

Shunga qaramay, Manchester Yunayted rahbariyati qishda futbolchini sotish niyatida emasligini bir necha bor taʼkidlagan. Maʼlumotlarga koʻra, Kobbi Mainu oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijaraga ketishni xohlamoqda.

Transfermarkt portali ushbu futbolchini 45 million yevroga baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.