Mark Gehi Barselona saʼy-harakatlaridan hayratda

Mark Gehi Barselona saʼy-harakatlaridan hayratda
Evropaning yirik futbol klublari "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gehining transferi uchun kurashni davom ettirmoqda. 2026-yil yozida ingliz futbolchisining amaldagi shartnomasi muddati yakuniga yetadi va uni erkin agent sifatida qoʻlga kiritishni istaganlar koʻp.

Ana shunday klublar orasida "Barselona" ham bor: katalonlar Mark Gehining vakillariga ikki marta ogʻzaki taklif bilan murojaat qilishgan, deb xabar beradi TEAMtalk. 25 yoshli futbolchi aslida "Liverpul"ga oʻtishni orzu qiladi, biroq "koʻk-anorranglilar"ning qatʼiyatidan taassurot olgan holda, Kataloniyaga koʻchib oʻtish imkoniyatini ham istisno qilmaydi.

Mark Gehiga daʼvogarlik qilayotgan klublar orasida "Bavariya", Madridning "Real" klubi, "Manchester Yunayted" va boshqa top jamoalar ham bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.