Marselo Lamal Yamal haqida fikr bildirdi

Marselo Lamal Yamal haqida fikr bildirdi
Madridning "Real" klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marselo Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yulduzi Lamin Yamal haqida o'z fikrini bildirdi. "Fantastik futbolchi.

Bu yigitga qanotda qarshi o'ynash men uchun katta sinov bo'lardi. Uning darajasidagi vingerni eslay olmayman.

Lamin juda tezkor. O'ylaymanki, u meni o'zib ketishi mumkin edi", - dedi Marselo, AS nashriga bergan intervyusida.

18 yoshli Yamalning transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 200 million yevroga baholangan. Ispaniyalik futbolchi bilan "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yil iyun oyining oxiriga qadar amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.