Kobbi Maynu "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi

Kobbi Maynu "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbi Maynu ijaraga ketish niyatida qat'iy. 20 yoshli futbolchi asosiy tarkibga kira olmayotgani sababli, yanvar oyida boshqa klubga o'tishni xohlayapti.

Jurnalist Kris Uilerning ma'lumotiga ko'ra, ingliz futbolchisiga qiziqish juda katta va agar "Manchester Yunayted" uni qishki transfer oynasida ijaraga qo'yishga rozilik bersa, Maynu kamida 12 ta klubdan taklif olishi mumkin. Maynu 2026 yilgi Jahon Chempionatida Angliya terma jamoasi safida ishtirok etishni orzu qilmoqda.

Yosh yarim himoyachi mavsumning ikkinchi yarmida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish va Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelni o'z o'yini bilan hayratga solishni istaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.