Popovich: Avstraliyaliklar allaqachon chiptalar buyurtirmoqda

Popovich: Avstraliyaliklar allaqachon chiptalar buyurtirmoqda
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Toni Popovich 2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash marosimidan so'ng birinchi izohini berdi. Avstraliya D guruhiga tushdi va AQSh hamda Paragvayga qarshi o'ynaydi.

Yana bir raqib pley-off uchrashuvlaridan so'ng aniqlanadi. Bu o'yinlarda Turkiya, Ruminiya, Slovakiya va Kosovo ishtirok etadi.

"Men bilaman, ko'plab avstraliyaliklar biz kimga qarshi o'ynashimizni bilganidan so'ng allaqachon chiptalar buyurtirishni boshlashdi. Biz katta qo'llab-quvvatlashga egamiz va har bir avstraliyalik biz uchun jon kuydiradi, deb ishonaman.

Jamoamiz uzoq yillardan keyin bu safar saralashni ancha osonlik bilan yakunladi. So'nggi o'rtoqlik o'yinlarida ko'plab yosh futbolchilarimizga o'zlarini ko'rsatish imkoniyatini berdik, bu tarkibimiz chuqurligini oshirishga yordam berdi.

Endi esa so'nggi tayyorgarliklarni boshlaymiz", - deya murabbiyning so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltirdi. Avstraliya FIFA reytingida 26-o'rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.