Yaponiya murabbiyi: "Juda qiyin guruhdamiz"

Yaponiya murabbiyi: "Juda qiyin guruhdamiz"
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu Jahon chempionati guruh bosqichiga qura tashlash marosimi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uning jamoasi F guruhida Niderlandiya, Tunis va Yevropa pley-off B gʻolibi (Ukraina, Shvetsiya, Polsha yoki Albaniya) bilan kuch sinashadi.

"Biz juda qiyin guruhga tushganimizni his qilaman. Niderlandiya dunyoning yetakchi futbol davlatlaridan biri.

Ular hali Jahon chempionatida gʻolib chiqmagan boʻlsa-da, finalda oʻynashgan. Tunis esa saralash bosqichida 9 marta gʻalaba qozonib, birorta ham gol oʻtkazmagan kuchli jamoa", — dedi Moriyasu CNA nashriga.

"Bizning futbolchilar oʻz klublaridagi kundalik faoliyatda oʻzlarini koʻrsatib, tarkib uchun qattiq raqobat qilishlarini istayman. Bizning umumiy maqsadimiz — Jahon chempionatida gʻalaba qozonish.

Bu oson boʻlmasligini bilaman, ammo biz bu yoʻldagi tayyorgarlikni ishonch bilan oʻtkazishimiz kerak. Albatta, bunga erisha olamiz".

Ayni paytda Yaponiya FIFA reytingida 18-oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.