Arsenal Ben Uaytni Man Siti bilan sotmadi

Arsenal Ben Uaytni Man Siti bilan sotmadi
Manchester Siti Londonning Arsenal jamoasi himoyachisi Ben Uaytga qiziqish bildirdi. Ammo Arsenal rahbariyati raqobatchi klub bilan 28 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokara o'tkazishdan bosh tortdi.

Joriy mavsumda asosiy tarkibda doimiy o'rin ololmagan Uayt sotilmasligi haqida Arsenal aniq bayonot berdi. Xuddi shunday javobni Como, Marsel va Madridning Atletiko klublari ham olishdi, ular ham futbolchini o'z saflariga qo'shmoqchi edi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Ben Uaytning transfer qiymati 38 million yevroga baholanadi va himoyachining Arsenal bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.