Flik: "Barselona"ning gʻalabasi bilan faxrlanaman

Flik: "Barselona"ning gʻalabasi bilan faxrlanaman
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Betis”ga qarshi oʻyinda 5:3 hisobida qozonilgan gʻalabadan oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. “Koʻk-anorranglilar” safida Ferran Torres xet-trik qayd etdi, shuningdek, Lamine Yamal va Runi Bardgji ham bittadan gol kiritishdi.

“Biz oʻyinni yaxshi oʻtkazdik – ayniqsa, birinchi taymda. Ikkinchi taym oxiriga kelib futbolchilar charchab qoldi.

Oxirgi daqiqalardagi xatoliklar haqida gapirish mumkin, lekin men ijobiy jihatlarga eʼtibor qaratishni afzal bilaman – bugungi oʻyin men uchun muvaffaqiyatli boʻldi. Toʻpni koʻp nazorat qildik, bu bizga yarashadi.

Men muxlislarimiz, futbolchilarimiz va klubimiz uchun xursandman”, – dedi Flikning soʻzlarini Barca Universal nashri keltiradi. 9-dekabr, seshanba kuni, kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi doirasida Frankfurtning “Ayntraxt” klubi bilan bahs olib borishadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.