Keyn Bundesligada 10-xet-trikni amalga oshirdi

Keyn Bundesligada 10-xet-trikni amalga oshirdi
Germaniya chempionatining 13-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Bavariya" yana ajoyib natija qayd etdi va "Shtutgart"ni 6:0 hisobida magʻlub etdi.

Ushbu oʻyinda Garri Keyn uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Bu ingliz hujumchisi uchun Bundesligadagi ikki yarim yil ichida amalga oshirgan 10-xet-trik boʻldi.

Germaniya oliy ligasi tarixida faqat toʻrt nafar futbolchi Keyndan koʻproq xet-trik qayd etgan. Bu futbolchilar orasida Gerd Myuller (32 marta), Robert Levandovski (16 marta), Klaus Fisher (12 marta) va Yupp Haynkess (11 marta) bor.

Keyingi turda "Bavariya" oʻz maydonida "Maynts" jamoasiga qarshi oʻynaydi. Ushbu uchrashuv 14-dekabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.