Safonov PSJdagi ilk o‘yinidan so‘ng fikr bildirdi

Safonov PSJdagi ilk o‘yinidan so‘ng fikr bildirdi
PSJ Frantsiya chempionati doirasida o‘z maydonida "Renn" jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Parij klubining darvozasini rossiyalik posbon Matvey Safonov qo‘riqladi.

Safonov mavsumdagi ilk o‘yinidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi. "Nihoyat uzoq kutilgan o‘yinimni o‘tkazdim.

Maydonga tushganim va yaxshi o‘ynaganimdan juda xursandman. Uchrashuvni kuzatgan barchani tabriklayman.

Umid qilamanki, kelajakda bundan ham ko‘prog‘iga erishamiz", – deya Safonov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida izoh qoldirdi. Eslatib o‘tamiz, Parij klubining asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye jarohati sabab kechagi o‘yinda ishtirok eta olmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.