Ekspert: Ronaldu Jahon chempionatini yuta olmaydi

Ekspert: Ronaldu Jahon chempionatini yuta olmaydi
Futbol mutaxassisi Valeriy Nepomnyashiy Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. "Yangi avlod shakllandi, ammo ular Jahon kubogini qo'lga kirita olmaydi.

Krishtianuning roli jamoaga harakatlantiruvchi kuch bo'lishi mumkin, lekin u to'siq ham bo'lishi ehtimoldan yiroq emas. Fikrimcha, Ronaldu o'z faoliyati davomida Jahon chempionatini yuta olmaydi", - dedi ekspert "Match TV"ga bergan intervyusida.

Jahon chempionati Shimoliy Amerikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi. Musobaqani AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Guruh bosqichida Portugaliya Kolumbiya va O'zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Ularning uchinchi raqibi esa pley-off uchrashuvlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.