Liverpul uch gollik ustunlikni boy berdi

Liverpul uch gollik ustunlikni boy berdi
"Liverpul" jamoasi Angliya Premyer-ligasining 15-turida safarda "Lids" bilan durang o‘ynadi va yana muxlislarini hayajonga soldi. O‘yin davomida Liverpul uch marta oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, bu ustunlikni saqlab qololmadi.

Birinchi bo‘limda "Liverpul" o‘yinchisi Kyortis Jons chap qanotdan markazga o‘tib, uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, ammo to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida "Lids" himoyachisi xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni noto‘g‘ri uzatdi.

Bu vaziyatdan "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekiteke unumli foydalandi va darvozani ishg‘ol qildi — 0:1. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Konor Bredlining uzatmasi orqali yana Ekiteke hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

O‘yinning 73-daqiqasida "Lids" tezkor hujum uyushtirdi va Ibraima Konate jarima maydonchasida qo‘pollik qilgani uchun penalti belgilandi. Dominik Kalvert-Lyuin 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi — 1:2.

Oradan ikki daqiqa o‘tib, Anton Stax "Lids" safidan hisobni tenglashtirdi — 2:2. 80-daqiqada Dominik Soboslai "Liverpul"ni yana oldinga olib chiqdi — 2:3.

Ammo 90-daqiqada "Lids" futbolchisi Ao Tanaka burchak zarbasidan berilgan uzatmadan so‘ng to‘pni darvozaga yo‘lladi va hisobni yana tenglashtirdi — 3:3. Natijada "Liverpul" turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi, "Lids" esa oxirdan to‘rtinchi pog‘onani band etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.