Fiorentina A Seriyada antirekord o'rnatdi

Fiorentina A Seriyada antirekord o'rnatdi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Fiorentina" mag'lubiyatga uchradi. Bu jamoa hozirgi mavsumda hali biror marta g'alaba qozonmagan yagona oliy liga klubi hisoblanadi.

14 turdan so'ng "Fiorentina" hisobida atigi 6 ochko bor. Bu o'tgan yilning aynan shu bosqichidagi natijadan 25 ochkoga kam.

Bu ko'rsatkich Italiya A Seriyasi tarixidagi eng katta pasayish bo'ldi. Oldingi antirekord "Roma" klubiga tegishli edi.

Ular 2003/2004 va 2004/2005 mavsumlarining 14-turlaridagi farq bilan 19 ochkoga kam natija qayd etgandi. Keyingi turda "Fiorentina" yana bir autsayder jamoa - "Verona" bilan uchrashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.