Maynts yangi bosh murabbiyini e'lon qildi

Maynts jamoasi hafta oxirida yangi bosh murabbiyni rasman e'lon qildi. Endilikda jamoani 59 yoshli shveytsariyalik mutaxassis Urs Fisher boshqaradi.
U klub bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan. O'tgan hafta Maynts Bo Henriksen bilan hamkorlikni yakunlagandi.
Shundan so'ng jamoa o'z maydonida Borussiya Myonxengladbaxga minimal 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Hozirda Maynts Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.
Jamoa o'tgan 13 turda bor-yo'g'i 6 ochko to'play oldi. Mayntsning navbatdagi o'yini 11 dekabr kuni Konferensiyalar ligasi doirasida safarda Lech klubiga qarshi bo'lib o'tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U klub bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan. O'tgan hafta Maynts Bo Henriksen bilan hamkorlikni yakunlagandi.
Shundan so'ng jamoa o'z maydonida Borussiya Myonxengladbaxga minimal 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Hozirda Maynts Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.
Jamoa o'tgan 13 turda bor-yo'g'i 6 ochko to'play oldi. Mayntsning navbatdagi o'yini 11 dekabr kuni Konferensiyalar ligasi doirasida safarda Lech klubiga qarshi bo'lib o'tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













